Ixtisoslashtirilgan maktabimizga kirish uch bosqichdan iborat.
Ochiq eshiklar kuni e'lon qilingandan so'ng, ota-onalar farzandining hujjatlarini onlayn ariza shaklida maktab ma'muriyatiga taqdim etishi kerak.
Hujjatlari to'liq bo'lgan nomzodlar uchun Matematika, Mantiqiy fikrlash (IQ) va Ingliz tilidan test imtihonlari o'tkaziladi.
Testda yuqori ball to'plagan o'quvchilar yakuniy bosqich — maktab rahbariyati va psixolog ishtirokidagi suhbatga chaqiriladi.
Qabul talablari va tartib-qoidalari bilan batafsil tanishish uchun nizamnoma (pdf) ni yuklab oling.
Nizamnomani yuklab olish